|
Mirzapulat Toshpulatov
Дата: 2012-02-17
|
| p>Mirzapo'lat qashqadaryolik. U 1952 yili Qarshi tumanining Dashtfayziobod qishlog'ida tu-g'ilgan. O'rta maktabni tugatib, 1970-1976 yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida o'qigan. U uzoq yillar mobaynida O'zbe-kiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiy-badiiy targ'ibot marka-zida ishladi. Hozir «O'zbektele-film» studiyasida xizmat qilmoqda.
Mirzapo'latning yozuvchi sifatidagi faoliyati 1975 yilda «Guliston» jurnalida chop etilgan «Sodiq» nomli hikoyasi bilan boshlangan. Shundan buen uning o'nlab hikoya va qissalari chop etilgan. Bular orasida ayniqsa, «Qaytish»,
«Gunoh», «Ro'molcha», «Qatnov» kabi bir qator hikoyalari nafaqat o'quvchilar, balki ustoz-adiblar e'ti-boriga ham tushgan. Просмотров 211 |
|
Нормурод Норкобилов
Дата: 2012-02-17
|
Normurod Norqobilov 1953 yilning 7 iyun kunida Qashqadaryo vohasining Yakkabog' tumnida dunyoga kelgan. 1970 yilda Hamid Olimjon nomidagi o'rta maktabni tugatib, 1971-1973 yillarda harbiy xizmatda bo'lgan. 1976 yili esa Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o'qishga kirib, uni 1982 yilda muvaffaqiyat bilan tugatgan. Avval «Toshkent oqshomi», so'ng O'zbe-kiston televideniesida kichik muharrir, muharrir va bosh muharrir o'rinbosari bo'lib ishlab keladi. Просмотров 174 |
|
Рустам Мусурмонов
Дата: 2012-02-17
|
U 1963 yilning 26 avgust kunida Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Yakkatut
qishlog'ida tavallud topgan. O'rta maktabdan so'ng armiyada xizmat etgan. 1989
yilda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgach, O'zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti
aspiranturasida tahsil oladi.
Просмотров 152 |
|
Sharofat Ashurova
Дата: 2012-02-10
|
Sharofat Ashurova 1953 yilda Qamashi tumanining Balandchayla qishlog'ida tavallud
topdi. 1972 yilda o'rta maktabni bitirgach, Qarshi Davlat universitetining matematika
kulliyotiga kirib o'qidi va uni imtiyozli tugallab o'zi tahsil olgan maktabda,
texnikumda dare berdi.
U adabiy jarayonga tengdoshlariga nisbatan kechroq kirib keldi. Lekin dastlabki
asarlari bilanoq keng kitobxonlar e'tiboriga tushdi. Tinmasdan izlandi, muntazam
ijod qildi. Yo'qotilgan vaktlardan ham o'zib ketdi desam mubolag'a qilmagan
bo'laman.
Просмотров 200 |