Sayido Nasafiy (asli nomi Sayido Mirobod) Ashtarxoniylar xukumronlik qilgan
davrda, savdo-sotiq, xunarmandchilik rivoj topgan Qarshi shahrida kosib xonadonida
1637 yilda to?g?ilgan. Dastlabki ta'limni Qarshi xududida mavjud bo?lgan ta'lim
maktabida oladi. Nasafiy laqabini olishga sabab ota-bobolari, avlodlari yashagan
qadimiy, Qarshi shahrining oldingi manzilgoxi Nasaf shaxri bilan chambarchas
bog?liqdir.
Sayido Nasafiyning Buxoroda madrasa ta'limini olishi Abdulazizxon /1645-1680/
davri bilan bog?liqdir. Hokimiyat /Subxonqulixon/1680-1702/ quliga utgach bu
davrda xalqning turmushi og?irlashgan davr bulsada, ammo kasbi-kor, xunarmandchilik
beqiyos rivoj topadi. Sayido Nasafiy ijodida xam xunarmandchilik bilan xalol
mehnat qiluvchilarni o?z g?azallarida madx etadi. Shoir o?z umri davomida xon
saroyiga bormadi, Saroy shoiri bo?lishni orzu qilmadi. Buxoro shahri markazidagi
Nodir devonbegi madrasasidagi xujralardan birida yashab, ijod bilan shug?ullandi.
Shoirning tug?riso?z, xaqiqatguy, ulkan so?z ustasi ekanligi zamondosh tarixchilar,
shoirlar, adiblar tomonidan aytib utiladi. O?z davrining peshqadam shoiri «Ubaydullonoma»
asarining muallifi Mirmuxammad Amin Buxoriy shoir Sayido Nasafiyni «Buxoro shoirlarini
taxtiga mingan shaxzoda» deb atagan va shoirni ijodiga hurmat bilan qaragan.
Shoir umri davomida Rudakiy, Nizomiy, Ganjaviy, Alisher Navoiy, Nasimiy, Firdavsiy
kabi so?z ustalarini ijodini chuqur urgandi, ijod qilishdan charchamadi. Sayido
Nasafiy yurtimizdan chiqqan tojik klassik gazal janrining Yerkin yulduzi, kuychisidir.
Shoirning adabiy merosi juda ulkandir. Epik merosi 18146 misrani tashkil qiladi.
Shoirning eng ulkan asarlardan biri «Shaxr oshub» bo?lib unda oddiy xalq ? oddiy
kosiblar, dexqon, nonvoy, tuquvchi, temirchi, tasviriy san'at asari yaratuvchisi,
kulol, naqqosh, kashdaduz, gilam tuquvchilarga bag?ishlangan. Shoirning bu asarida
212 xil kasb-xunar vakili xaqida so?z boradi va madx etiladi.
Sayido Nasafiyning yana bir ajoyib «Xayvonotnoma» Masal-munozara asari bo?lib
oddiy, barcha uchun tushunarlidir. Bu asar munozara janrining noyob durdonasi
bo?lib, unda 18 hil xayvonot dunyosi bir-biriga qarama-qarshi tarzda munozaraga
kirishadi. Undagi so?zlashuv jarayonida qadr-qimmat, xalollik, o?zaro yordam,
xamfikrlik poklikka xos xususiyatlar xayvonlar o?rtasidagi suxbatda ochiladi.
Sayido Nasafiyning o?ziga xos buyukligi shundaki ? u XVII asrda adabiyotning
barcha turlarida ijod qilgan. Kitob noxiyasining Varganza qishlog?ida to?g?ilib
keyinchalik Tojikiston Fanlar akademiyasining akademigi adabiyotshunos, sharqshunos
olim bo?lib etishgan Abdulgani Mizaev Sayido Nasafiy xaqida shunday yozgan:
«Sayido Nasafiy nafaqat qadimiy shoirlarni uslubiga murojaat qilmasdan, yangi
badiiy, mukammal asarlar ijod qildi» /Sayido Nasafiy, Stalinobod, Abdulgani
MIrzaev ? akademik, 1954 yil 16 bet/
Sayido Nasafiyning o?z davrida va xozirgi davrdagi shuxrati oshib borayotgani
sababi shundaki kishilar xaqqiga xiyonat qiluvchi, oddiy odamlarga yaxshilik
qilmaydiganlarni emas ? kasbi korni, shu yulda tijorat-savdo, bozorga ziynat
beruvchi xunarmand kishilarni madx qildi, odamlar shular mexnati orqali yaratilgan
narsalar bilan faxrlanadilar, o?z turmushlarida foydalanishlarini jozibali g?azal
satrlarida kuyladi. U o?zining bir g?azalida «Tiriklik uchun urgimchak kabi
tukuvchidirman, Darvoz singari mening uyimdir argamchi-iplar deydi».
Sayido Nasafiy fors-tojik tilida ijod qildi. Uning ijodi Afg?oniston, Eron,
Turkiya, Isfaxon, Hindiston, Misr, Urta Osiyoda ma'lum va mashxurdir. Uning
Tula asari Toikiston, Moskva nashriyatida, Afg?oniston, Eron Turkiya, Hindiston,
Pokiston, Misr va boshqa chet ellarda bayoz shaklda nashrdan qildirilgan. Shuning
uchun uni tula asarlarini tuplash va muzeylarda aks ettirish davr talabidir.
Sayido Nasafiy g?azallari tojik, afg?on, eron, bogdod xonandalari tomonidan
kuylab kelinadi. «Sayido Nasafiy XVII asrning so?z sexrgari, javoxiri, tojik
gazaliyotining uchmas yolqinidir».
Sayido Nasafiy o?z nomiga munosib, tarixda utgan Nasafiy laqabi bilan ijod qilgan
shoirlarning eng ulug?idir. Sayido Nasafiy 1710 yilda Buxoroda vafot etgan.
View 194 |